locale OZ

«Portugaliyaga qarshi O‘zbekistonning imkoniyati nolga teng» – Georgiy Cherdansev milliy jamoamiz va Ronaldu haqida

Georiy Cherdansev Kolumbiyaga qarshi milliy jamoamizning o‘yinini e’tirof etgan bo‘lsa-da, Portugaliyaga qarshi 2-tur o‘yinida imkoniyati juda pastligini ma’lum qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Portugaliyaga qarshi O‘zbekistonning imkoniyati nolga teng» – Georgiy Cherdansev milliy jamoamiz va Ronaldu haqida
photo: sports24.kz
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0

«Portugaliyaga qarshi O‘zbekistonning imkoniyati nolga teng» – Georgiy Cherdansev milliy jamoamiz va Ronaldu haqida

Sports24.uz saytining Qozog‘istondagi hamkori Sports24.kz sayti O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi (1:3) uchrashuvidan keyin rossiyalik taniqli futbol sharhlovchisi Georgiy Cherdansev bilan cuhbatlashdi. «Match TV» sharhlovchisining fikricha, O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Ronalduni kimdir Portugaliyaning zaxira o‘rindig‘iga o‘tqiza olmaydi, agar uning o‘zi buni istamasa.

Georiy Cherdansev Kolumbiyaga qarshi milliy jamoamizning o‘yinini e’tirof etgan bo‘lsa-da, Portugaliyaga qarshi 2-tur o‘yinida imkoniyati juda pastligini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Ronalduni kimdir Portugaliyaning zaxira o‘rindig‘iga o‘tqiza olmaydi, agar uning o‘zi buni istamasa. Uning atrofidan kimdir unga buni to‘g‘ri tushuntirishi kerak bo‘ladi. Aks holda u birovning o‘rnini band qilaveradi. Hozir shaxsiy natijadan ko‘ra, jamoaviy natija muhimroq sanaladi.

O‘zbekistonning JCH-2026dagi maqsadi avvalo turnirda munosib ishtirok bo‘lishi kerak. Qolgani omad bilan bog‘liq.

O‘zbekiston bu turda guruh favoritiga qarshi o‘ynaydi. Afsuski, portugallar 1-turda zarur ochkolarni yo‘qotib qo‘yishdi. Endi ular yana ochko yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yishmaydi. O‘zbekiston bu uchrashuvga tayyor bo‘ladi, ammo natija haqida so‘rasangiz, O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi durang o‘ynashi yoki g‘alaba qozonish imkoniyati nolga teng. Ular Kolumbiyaga qarshi qo‘rqmay o‘ynagandek, bu safar ham o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishlari kerak», - dedi Georgiy Cherdansev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting