locale OZ

«Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman» — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston MTJning guruhdagi so‘nggi o‘yini Kongo terma jamoasiga qarshi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman» — Fabio Kannavaro
Фото: ЎФА
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida jamoaning o‘yini va Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Albatta, Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson kechmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini bilgandik.

Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanganimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Ha, ular qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.

Barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular maydonga juda katta motivatsiya bilan tushishgan edi. Biroq bu Jahon chempionati biz uchun tajriba vazifasini o‘tamoqda», — dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting