locale OZ

JCH-2026. Portugaliya yirik hisobda O'zbekistonni mag'lub qildi

Jahon chempionati 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
JCH-2026. Portugaliya yirik hisobda O'zbekistonni mag'lub qildi
photo: gettyimages

Jahon chempionati 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda katta ustunlikka erishgan Roberto Martines jamoasi uchta gol urdi. Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. Mendesh esa jarima to‘pidan so‘ng Ne’matovni ojiz qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa Abduvohid Ne’matov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Leau esa yakuniy nuqtani qo‘ydi, - 5:0.

Bu natijadan so‘ng Portugaliya ochkolari sonini 4 taga yetkazib, peshqadamga aylandi.

O‘zbekiston esa ikki o‘yindan so‘ng birorta ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onada bormoqda. Milliy jamoa 3-tur bahsini Kongo DRga qarshi 28 iyun kuni o‘tkazadi.

JCH-2026. 2-tur
Portugaliya – O‘zbekiston 5:0
Gollar:
Ronaldu 6, 37, Mendesh 17, Abduvohid Ne’matov 60 avtogol, Leau 88
Portugaliya – Koshta, Kanselu (Semedu, 46), Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya (Leau, 83), Nevesh, Fernandesh, Netu (Konseysau, 46), Feliks (Trinkau, 64), Ronaldu.
O‘zbekiston – Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Behruz Karimov, Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov, 46), Abdulla Abdullayev, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev (Igor Sergeyev, 74), Eldor Shomurodov.
Ogohlantirish: Veyga 68.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting