locale OZ

Ronaldu ketma-ket 6ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu O‘zbekistonga qarshi bahsda gol urdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ronaldu ketma-ket 6ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi
photo: gettyimages

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu O‘zbekistonga qarshi bahsda gol urdi.

Shu tariqa, 41 yoshli futbolchi uchun bu jahon chempionatlarida gol urgan oltinchi turnir bo‘ldi.

U qatorasi oltinchi mundialdam gol urgan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Portugaliyalik yulduz 2006 yilgi jahon chempionatida oltita o‘yinda bir gol urgan. 2010 yildagi mundialda to‘rtta uchrashuvda bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 2014 yildagi turnirda uch o‘yinda bir gol muallifi bo‘lgan.

Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida Ronaldu to‘rtta bahsda to‘rtta gol urgan bo‘lsa, 2022 yilgi mundialda besh o‘yinda bir marta gol kiritgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting