locale OZ

Portugaliya - O‘zbekiston bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi

Milliy terma jamoamizning Portugaliyaga qarshi bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Portugaliya - O‘zbekiston bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0

Milliy jamoamizning Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi.

Mazkur bellashuvni marokashlik FIFA hakami Jalal Jayed boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.

Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom hamda Zaxele Sivela faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamizning Portugaliyaga qarshi bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting