Pioli mavsum oxirida \"An-Nasr\"ni tark etishi mumkin
Photo: Getty Images
"Al-Nasr" bosh murabbiyi Stefano Pioli mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar berdi.
Mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, biroq Pioli qo‘l ostida jamoa mavsumni sovrinsiz yakunlash arafasida turibdi. Qoniqarsiz natijalar fonida u iste'foga chiqarilishi mumkin.
Pioli Saudiya klubini tark etsa ham uzoq vaqt ishsiz qolmasligi mumkin. U "Roma"ni boshqarishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pioli joriy mavsum boshidan buyon "An Nasr"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 39 o‘yinda 25 g‘alaba, 6 durang va 8 mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist