locale OZ

Pioli \"Fiorentina\" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pioli "Fiorentina" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Photo: Getty Images

Stefano Pioli "Fiorentina" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

Italiya jamoasi 59 yoshli mutaxassis bilan 2028 yilning yozigacha bo‘lgan shartnoma imzoladi. Bundan oldin Pioli Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubini boshqargan edi.

Italiyalik murabbiy uchun Italiya A Seriyasi yot joy emas. U avval "Milan"ni boshqargan va jamoa bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Pioli avval futbolchi sifatida 1989-1995 yillarda “Fiorentina”da o‘ynagan va 2017-2019 yillarda jamoani boshqargan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting