locale OZ

Pep Gvardiola Manchester derbisi haqida: “O'yin natijasidan afsusdaman”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pep Gvardiola Manchester derbisi haqida fikr bildirdi
FОТО: AFP
Angliya Premer-ligasi
06.04.2025, Yak.
Manchester Yunayted
0
Manchester Siti
0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Manchester derbisida g'olib nomi aniqlanmadi - 0:0.

“O'yin durang bilan yakunlanganidan afsusdaman. Chunki biz g'alaba qozonishni xohlagandik. Ammo “Old Trafford”da buni amalga oshirish juda qiyin.

Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalan olmadik. Biroq bir ochko qo'lga kiritildi. Biz harakat qilishda davom etamiz”, - deydi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” o'zining navbatdagi o'yinini 12-aprel kuni “Kristal Pelas”ga qarshi o'tkazadi. MYU esa 13-aprel kuni “Nyukasl” mehmoni bo'ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting