locale OZ

Husanovni oʻynatmagani uchun Gvardiola muxlislar malomatiga uchradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Husanovni oʻynatmagani uchun Gvardiola muxlislar malomatiga uchradi
FОТО: mancity.com
Angliya Premer-ligasi
06.04.2025, Yak.
Manchester Yunayted
0
Manchester Siti
0

Abduqodir Husanov ketma-ket ikki bahsda maydonga tushirilmadi.
“Lester” bilan bahsda zaxirada qolgan Abduqodir “Manchester Yunayted” bilan boʻlgan derbidan ham mosuvo qoldi.

Fevral oyining eng yaxshi futbolchisi boʻlmish hamyurtimiz soʻnggi paytlarda maydonga tushirilmayotgani “Manchester Siti”ning butun dunyodagi muxlislarini harakatga keltirdi.

Muxlislar Husanov boshlangʻich tarkibda oʻynamayotganini ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilishmoqda!

“Husanovdek markaziy himoyachi turganda nega maydonga Nunesh tushirildi?”, mazmunidagi fikrlar klub instagram sahifasini “bosib ketdi”.

Aytishlaricha, Doku, Savino, Niko va Husanov kabi oʻyinchilar asosiy tarkibda oʻynaganda, gʻalabani kafolatlar edi.

Lekin bu futbolchilar zahirada turganini muxlislar hazm qila olishmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting