“Manchester Siti” futbolchisiga tarsaki tushirgan muxlis hibsga olindi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
06.04.2025, Yak.
Manchester Yunayted
0
Manchester Siti
0
Angliya Premyer-ligasining 31-turidan o'rin olgan “Man. Yunayted” va “Man. Siti” o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng “shaharliklar” futbolchisi Jek Grilishning yuziga tarsaki tushirgan MYU muxlisi hibsga olindi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, aybdor deb topilgan 20 yoshli yigit qo'lga olingan va u iyul oyida “Manchester Crown” sudiga kelishi kerak bo'ladi. “Siti” va “Yunayted” tergovlar davom etayotgani bois holatga izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, derbi yakunlangach, Jek Grilish maydonni tark etayotgan chog'ida MYU muxlislaridan biri bilan janjallashib ketgandi va muxlis futbolchining yuziga tarsaki tushirgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist