locale OZ

Pedri: «Jamoa o‘yinidan qoniqmadim. To‘g‘rilashimiz kerak boʻlgan koʻplab jihatlar bor»

«Barselona» yarimhimoyachisi jamoa oʻyinini tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri: «Jamoa o‘yinidan qoniqmadim. To‘g‘rilashimiz kerak boʻlgan koʻplab jihatlar bor»
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
18.10.2025, Yak.
Barselona
2
Jirona
1

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri «Jirona» (2:1) bilan boʻlib oʻtgan La Liga 9-turi uchrashuvidan soʻng jamoaning oʻyinini tanqid qildi va sifatni oshirish zarurligini taʼkidladi.

«Jamoa o‘yinidan qoniqmadim. Juda koʻp narsani yaxshilashimiz kerak, ayniqsa pressingni. Biz yaxshi o‘ynamadik. Ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham kutilgan darajada chiqish qila olmadik. Shuningdek, toʻp bilan o‘yinimizni tezlashtirib, koʻproq vaziyatlar yaratish ustida ishlash zarur. Menimcha, bizda o‘sish uchun katta salohiyat bor. Bu haftada murabbiy bilan birgalikda tahlil qilib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik sifatini oshirishimiz lozim», — dedi Pedri.

Futbolchining soʻzlariga koʻra, «Barselona»ning himoya chizigʻi yuqori joylashgan holda yomon pressing qilish raqibga xavfli vaziyatlarni yaratishni osonlashtirgan.

«Agar yomon pressing qilsang va himoyani juda yuqoriga chiqarib qoʻysang, raqibga bitta orqaga tashlangan pas bilan darvozabon bilan yakkama-yakka chiqish imkonini berasan. Shuningdek, biz toʻp bilan o‘yinimizni ham yaxshilashimiz kerak. Hozirgi paytda oʻtgan mavsumdagidek aniq harakat qilmayapmiz. Yaxshisi, bizda hali o‘sish imkoniyati bor va bu safar uch ochkoni qoʻlga kiritdik».

Maʼlumot uchun, «Barselona» oʻzining navbatdagi oʻyinini Chempionlar ligasi doirasida Gretsiyaning «Olimpiakos» klubiga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting