La Liga. «Barselona» so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga gʻalaba qozonib, 1-o‘ringa koʻtarildi
Ispaniya La Ligasi 9-turidan oʻrin olgan bahsda «Barselona» oʻz maydonida «Jirona»ni qabul qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Pedri 13-daqiqada kataloniyaliklarni oldinga olib chiqdi. 20-daqiqada Aksel Vitsel muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Ronald Arauxo mezbonlarga gʻalaba taqdim etgan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, «Barselona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 22 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 1-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Jirona» esa 6 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 9-tur
«Barselona» — «Jirona» 2:1
Gollar: Pedri (13), Arauxo (90+3) — Vitsel (20).
Barselona — Shesni, Balde (Martin, 76), Kubarsi, Pedri (Kristensen, 64), Yamal (Barji, 64), Reshford, Kasado (Arauxo, 82), De Yong, Kunde, Garsiya, Fernandes (Fermin, 46).
Jirona — Gassaniga, Rinkon, Roka (Asprilla, 69), Arnau (Kuruma, 80), Portu (Sigankov, 63), Reys, Blind, Vanat (Stuani, 69), Vitsel, Xil (Solis, 63), Moreno.