«Paxtakor»ning 12 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi
Ular orasida iroqlik o'yinchilar ham bor.
Фото: Пахтакор ПФК
“Paxtakor” asosiy tarkibidan 12 nafar futbolchi FIFA kunlarida terma jamoalar ixtiyoriga borishadi.
Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliev, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Sayitov, Abdurauf Bo'riev, Hojimat Erkinov, Azizbek Turg'unboev va Igor Sergeev O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Quvayt va Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadi. Dilshod Abdullaev esa U-20 termasi yig'inida Qozog'iston bilan bellashuvlarda ishtirok etadi.
Bashar Resan va Zaid Tahsin esa Iroq tarkibiga jahon chempionati saralashi doirasida Indoneziya va Saudiya Arabistoniga qarshi bahslarga jalb etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist