«Paxtakor» Saudiya Arabistonida Elit OCHLning amaldagi g‘olibi bilan durang qayd etdi
«Paxtakor» Saudiya Arabistonida Elit OCHLning amaldagi g‘olibi bilan durang qayd etdi
Jidda klubi 90+3-daqiqada Nazarov darvozasini ishg‘ol qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1-turida «Paxtakor» Saudiya Arabistonida «Al Ahli»ga qarshi bellashdi. Jidda shahrida kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab bellashuvda 86-daqiqada Flamarion hisobni ochdi. Ammo 90+3-daqiqada Al Buraykan muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, «Paxtakor» Saudiya Arabistonidada amaldani Elit OCHL g‘olibi bilan durangga rozi bo‘ldi.
Elit Osiyo Chempionlar Ligasi, 1-tur
Al Ahli – Paxtakor 1:1
Gollar: Al Buraykan 90+3 – Flamarion 86
Al Ahli: Mendi, Hamid, Demiral (Sulaymon, 68), Yaslam, Baattia, Diabi (Atanagana, 62), Gonsalvesh, Naif (Spersyan, 46), Shamat, Galeno (Al Mutairi, 53), Touni (Al Buraykan, 68).
Paxtakor: Nazarov, Saitov, Abdumajidov, Tahsin (Puraliganji, 46), Nasrullayev (Alijonov, 78), Mozgovoy, Bo‘riyev, Hamdamov (Flamarion, 69), Ibragimov, Resan, Husayn (Chinedu, 69).