locale OZ

Patrik Vieyra \"Jenoa\" bilan shartnomasini uzaytirdi

U klub bilan ikki yillik bitim imzoladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Patrik Vieyra "Jenoa" bilan shartnomasini uzaytirdi
Photo: Getty Images

"Jenoa" bosh murabbiyi Patrik Vieyra bilan shartnoma uzaytirilgani rasman e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, 48 yoshli fransiyalik mutaxassis jamoa bilan 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzoladi.

"O‘tgan yil noyabr oyida Genuyaga kelganimdan beri juda shiddatli davr bo‘ldi. Biz "Jenoa"ni A Seriyada saqlab qoldik va mavsumni faxr bilan yakunladik. Chunki klub bunga loyiq.

Men Genuyada juda baxtliman. Munosabatlarimizni kengaytirish eng tabiiy qadam bo‘ldi. Endi dam olish vaqti keldi, lekin biz keyingi mavsum boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yanada ko‘proq harakat qilamiz", – dedi Vieyra klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Vieyra "Jenoa" klubini 2024-yil noyabr oyi oxirida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsum A Seriyada 13-o‘rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting