Oʻzbekiston Portugaliyaga qarshi oq libosda oʻynaydi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0
23-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Mazkur bahs oldidan FIFA vakillari hamda jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa reglamentiga oid bir qator masalalar yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq oq, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum boʻldi.
Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor