locale OZ

Oʻzbekiston Kubogi. «Paxtakor» finalda «Buxoro»ni magʻlub etib, 14-bor turnir gʻolibiga aylandi

Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston Kubogi. «Paxtakor» finalda «Buxoro»ni magʻlub etib, 14-bor turnir gʻolibiga aylandi
FOTO: UZPFL

Oʻzbekiston Kubogi finalidan oʻrin olgan «Paxtakor» va «Buxoro» oʻrtasidagi bahs oʻz yakuniga yetdi. Unda «sherlar» minimal hisobda gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 63-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan kiritildi. Oʻyin yakunida «Buxoro» hisobni tenglashtirgandi, biroq Yosip Tomashevich tomonidan kiritilgan gol ofsayd sabab bekor qilindi.

Shu tariqa, «Paxtakor» oʻz tarixida 14-bor Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Kubogi. Final

«Paxtakor» — «Buxoro» 1:0

Gol: Hojimat Erkinov (63).

Paxtakor — Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov, Aziz Turg‘unboyev (Bashar Resan, 72), Igor Sergeyev, Hojimat Erkinov (Doston Hamdamov, 81), Abdurauf Bo‘riyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Flamarion (Ibrohim Ibragimov, 81), Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov.

Buxoro — Otabek Boymurodov, Izzatillo Po‘latov, Sardor Qulmatov, Azizbek Amonov, Javohir Ro‘ziyev, Toma Tabatadze, Frane Chiryak (Ravshan Xayrullayev, 76), Muhammad Yo‘ldoshev (Yosip Tomashevich, 76), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov (Dominik Begich, 64).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting