locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: Hozir eng baxtli odamman. Men bu juda katta yutuq

Paxtakor futbolchisi va bosh murabbiyi Buxoro bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: Hozir eng baxtli odamman. Men bu juda katta yutuq
photo: Paxtakor FK

Kubok finalidan keyin Kamoliddin Tojiyev va Hojiakbar Alijonov uchrashuv xususida fikrlarini bildirishdi.

Tojiyev: - O‘yin qiyin bo‘lishini kecha aytib o‘tgandim. Bir golgacha futbol bo‘ldi, biz o‘sha golni urib oldik. Barchani yutuq bilan tabriklayman.

Bahsda turli vaziyatlarga tayyor edik. Zaxiradagi futbolchilar bilan o‘zgarishlar qilishga hozir edik. Rahbariyat qanday rag‘batlantirishini hali bilmayman.

Hozir eng baxtli odamman. Men bu juda katta yutuq. Yigitlarga rahmat aytaman.

Alijonov: - Ishqibozlarimizni kubok bilan tabriklab qolaman. O‘yin og‘ir bo‘lishi aniq edi, chunki bellashuvda sovrin turgandi.

Raqib murabbiyi bilan o‘rtamizda kichik suhbat bo‘ldi. Bu futbolda ro‘y berib turadi. Menga qarshi yaqin o‘ynashga harakat qilishdi.

G‘alabada shifokorimizning ham mehnatini e’tirof etaman",-dedi paxtakorchilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting