O'zbekiston Kubogi. “Neftchi” “Oqtepa” darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritib, keyingi bosqich masalasini hal qildi
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin “Neftchi” - “Oqtepa” o'yini bo'lib o'tdi va unda farg'onaliklar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab, hisob 27-daqiqada Toma Tabatadze tomonidan ochildi (1:0). 48-daqiqada esa Shohruh Gadoyev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).
56-daqiqada Anvarjon G'ofurov hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa (3:0), 82-daqiqada Muhammadali G'iyosov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (4:0).
Shu tariqa, “Neftchi” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'zbekiston Kubogi | “E” guruhi, 3-tur
“Neftchi” 4:0 “Oqtepa”
Gollar: Toma Tabatadze 27' (1:0), Shohruh Gadoyev 48' (2:0), Anvarjon G'ofurov 56' (3:0), Muhammadali G'iyosov 82' (4:0).