locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “E” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “E” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan “Buxoro FA” hamda “Oqtepa” o'rtasidagi bahs ham o'z yakuniga yetdi.

Dastlab, hisob 30-daqiqada Shuhrat Mamatov tomonidan ochildi (0:1). 36-daqiqada Muslimbek Xabibullayev jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (0:2).

40-daqiqada Sulton Ismoilov hisobni yirik ko'rinishga keltirgan bo'lsa (0:3), 61-daqiqada Ismadiyor Ummatov o'yinga mantiqiy nuqta qo'ydi (0:4).

Shu tariqa, “Oqtepa” “E” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aynlandi. Shuningdek, ushbu kvartetdan “Navbahor”, “Neftchi” va “FarDU” ham o'rin olgan.

O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi

“Buxoro FA” 0:4 “Oqtepa”

Gollar: Shuhrat Mamatov 30' (0:1), Muslimbek Xabibullayev 36' (0:2), Sulton Ismoilov 40' (0:3), Ismadiyor Ummatov 61' (0:4).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting