locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Dinamo” o'z maydonida “Lochin”ga imkoniyat qoldirmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Dinamo” o'z maydonida “Lochin”ga imkoniyat qoldirmadi
FОТО: FC DINAMO

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan bahsda “Dinamo” o'z maydonida “Lochin”ni qabul qildi va yirik 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 42-daqiqada Sanjar Qodirqulov tomonidan ochildi (1:0). 44-daqiqada esa Qodirqulov dublni rasmiylashtirdi (2:0).

73-daqiqada Suhrobbek Toshkentboyev mehmonlarning yagona javob to'piga mualliflik qildi. 86-daqiqada esa Mirjahon Mirahmadov hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, “Dinamo” Kubok bahslarini g'alaba bilan boshlab, uch ochko egasiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Dinamo” 3:1 “Lochin”

Gollar: Sanjar Qodirqulov 42' (1:0), Sanjar Qodirqulov 44' (2:0), Suhrobbek Toshkentboyev 72' (2:1), Mirjahon Mirahmadov 86' (3:1).

Chetlatish: Olimjon Karimov 57' (“Lochin”).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting