locale OZ

O'zbekiston Kubogi. \"Dinamo\" Birinchi liga jamoasini mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. "Dinamo" Birinchi liga jamoasini mag'lub etdi
Photo: DINAMO PFC

O'zbekiston Kubogi 1-turida “Dinamo” Samarqandda “Lochin”ni qabul qilib, g'alaba qozondi.

Dastlab 42-daqiqada Sanjar Qodirqulov jarima to'pidan so'ng hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Qodirqulov o'yindagi dublini rasmiylashtirdi, - 2:0. 73-daqiqada “Lochin” a'zosi Suhrob Tashkentboev oradagi farqni qisqartirgan bo'lsa, 86-daqiqada Mirjahon Mirahmadov samarqandliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Shuningdek, 57-daqiqada mehmonlar himoyachisi maydondan chetlatildi. 77-daqiqada esa penaltidan foydalana olmadi.

O'zbekiston Kubogi. 1-tur

“Dinamo” 3:1 “Lochin”

Gollar: Sanjar Qodirqulov, 42 (1:0), Sanjar Qodirqulov, 44 (2:0), Suhrob Tashkentboev, 73 (2:1), Mirjahon Mirahmadov, 86 (3:1)

Chetlatish: Olimjon Karimov, 57 (Lochin, ikkinchi sariq)

Noaniq penalti: Asliddin Tursunpo'latov, 77 (Lochin)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting