locale OZ

O‘zbekiston hakamlar markazi rahbariyati «Dinamo» PFK jamoasi bilan uchrashdi

Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston hakamlar markazi rahbariyati Samarqandga kelib, «Dinamo» klubi qarorgohida bo‘ldi.
O‘zbekiston hakamlar markazi rahbariyati «Dinamo» PFK jamoasi bilan uchrashdi
photo: UFA

O‘zbekiston hakamlar markazi rahbariyati «Dinamo» PFK jamoasi bilan uchrashdi

Bugun, 5 oktyabr kuni O‘zbekiston hakamlar markazi rahbariyati Samarqandga kelib, «Dinamo» klubi qarorgohida bo‘ldi.

O‘zbekistonda hakamlikni rivojlantirish uchun ma’sul etib tayinlangan taniqli mutaxassis Farhod Abdullayev va Ma’mur Saidqosimov «Dinamo» PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilarning savollariga javob qaytarishdi. Uchrashuv ochiq suhbat tarzida o‘tib, savol, muammo, taklif va e’tirozlar ochiq tarzda bildirildi. Bahsli vaziyatlar va VAR tizimi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Muloqotda hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va klublar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, VAR tizimi bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar yuzasidan jiddiy e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, klub vakillari O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari bilan birgalikda Toshkent shahridagi VAR markazida ushbu holatlarni tahlil qilish, VAR yozuvlarini tinglash hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting