locale OZ

Oyarsabal Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Mikel 2 ta gol urdi va 1 assistni qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oyarsabal Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Ispaniya
4
Saudiya Arabistoni
0

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal 2026 yilgi jahon chempionati N guruhi 2-turi doirasida uning jamoasi Saudiya Arabistonini tor-mor etgan (4:0) o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Oyarsabal 10-daqiqada birinchi gol urilgan vaziyatda vinger Lamin Yamalga golli uzatmani amalga oshirdi, keyin esa futbolchi 21 va 24-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

3-turda Ispaniya milliy terma jamoasi Urugvay bilan uchrashadi. Ushbu bahs 27 iyun sanasiga belgilangan. Ma’lumot uchun, guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting