locale OZ

Lamine Yamal jahon chempionatlarida Pele natijasini takrorladi

Bu haqda Opta Sports telegram-kanali xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamine Yamal jahon chempionatlarida Pele natijasini takrorladi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Ispaniya
4
Saudiya Arabistoni
0

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamine Yamal Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda gol urdi.

Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi jahon chempionatlarida Pele natijasini takrorladi. Bu haqda Opta Sports telegram-kanali xabar bermoqda.

Yamal va Peledan tashqari 19 yoshgacha bo‘lgan boshqa birorta futbolchi JCH o‘yinida hisobni ochmagan. Braziliyalik hujumchi buni 1958-yilgi turnirda 17 yoshida, ispaniyalik esa 18 yoshida amalga oshirgan.

Ispaniya 2-turni ortda qoldirib, 4 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Ular 3-turda 27-iyun kuni Urugvayga qarshi bellashadi. Saudiya Arabistoni esa Kabo-Verde bilan to‘qnash keladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting