locale OZ

JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi

Yamal ilk bor gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Ispaniya Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Ispaniya
4
Saudiya Arabistoni
0

Jahon chempionati 2-turida Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘yinda hisobni 10-daqiqada yosh iqtidor egasi Lamin Yamal ochdi. Shundan so‘ng, Mikel Oyarzabal 21 va 24-daqiqalarda dubl qayd etgan bo‘lsa, 49-daqiqada saudiyalik himoyachi Hassan Al-Tambakti to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Guruhdagi hal qiluvchi 3-tur doirasida Ispaniya terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi. O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni futbolchilari Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting