locale OZ

Kubarsi JCH-2026da paslar aniqligi bo'yicha yetakchiga aylandi

Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchi 109 ta pasdan 107 tasini aniq amalga oshirgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kubarsi JCH-2026da paslar aniqligi bo'yicha yetakchiga aylandi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Ispaniya
4
Saudiya Arabistoni
0

Ispaniya terma jamoasining 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichida paslar aniqligi bo‘yicha ajoyib natijalarni namoyish etmoqda.

Sofa Score ma’lumotlariga ko‘ra, Kubarsining Saudiya Arabistoniga (4:0) qarshi o‘yinidagi paslari aniqligi 99 foizni tashkil etdi. Futbolchi 99 ta urinishdan 98 ta aniq pas berdi. Futbolchi uchrashuvning barcha 90 daqiqasini o‘ynadi.

Avvalroq, Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi o‘yinda futbolchi 109 ta pasdan 107 tasini aniq amalga oshirgan edi.

Shunday qilib, ispan himoyachisining JCH-2026dagi dastlabki ikki o‘yinidagi paslar aniqligi 98,55 foizni tashkil etmoqda, bu joriy turnirda kamida 50 ta pas bergan barcha futbolchilar orasidagi ayni damdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Ispaniya terma jamoasi 27 iyun kuni Urugvay bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting