Osimhen A Seriyaga qaytishi mumkin
Huquqlari Istanbulning "Galatasaroy" klubiga tegishli bo‘lgan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football-Italia jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, afrikalik hujumchining transferiga "Roma" va Turinning "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Italiya chempionatida Osimhen "Napoli" safidagi o‘yinlari bilan muxlislar xotirasida qolgandi. 27 yoshli nigeriyalik futbolchining turk klubi bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portalining ekspertlari uning narxini 75 million yevroga baholamoqda. Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumida Viktor 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.