locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. \"Dinamo\" Belarus klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" Belarus klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Photo: Dinamo PFK

Mavsumning ikkinchi qismiga Belarusda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi bugun ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Belarus Oliy ligasi vakili "Molodechno"ga qarshi o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari raqibdan ustunlik qilishdi va 1-bo‘limning o‘zidayoq o‘yin taqdirini hal qilishdi. Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochgan bo‘lsa, jamoamizning yangi hujumchisi Ulug‘bek Hoshimov dublga erishdi – 3:0. Vakillarimiz yig‘indagi so‘nggi o‘yinini 25 iyul kuni "Vitebsk"ga qarshi o‘ynaydi.

O‘rtoqlik o‘yini. 23 iyul. Minsk
"Molodechno" - "Dinamo" - 0:3
Gollar: Anvarjon Hojimirzayev 15, Ulug‘bek Hoshimov 25, 35.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting