O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» 10 kishi qolib «Surxon»ni mag‘lub etdi
O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» 10 kishi qolib «Surxon»ni mag‘lub etdi
FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Surxon» klubiga qarshi maydonga tushdi.
Poytaxtda o‘tgan o‘rtoqlik bahsida terma jamoalar safiga yo‘l olgan klubimiz a’zolari – Edem Nemanov, Azizbek Amonov, Mixail Shtefan, Oybek O‘rmonjonov va Firdavs Abdurahmonov qatnasha olmadi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning 1-bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan Samarqand jamoasi hisobni ochdi. Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Amadu Dumbuya gol muallifi bo‘ldi – 1:0.
75-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Tigran Avanesyan ikkinchi bor ogohlantirilib, maydondan chetlatildi. Ko‘p o‘tmay Anvar G‘ofurov shogirdlari hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Shu kuni murabbiylar shtabi ikkinchi bo‘limda bir qator yosh futbolchilarga ham imkoniyat berishdi va ular ishonchni oqlashdi. Hojimirzayev o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan «Dinamo» U21 jamoasi hujumchisi Rahmatullo Izzatullayev 89-daqiqada gol urib, maydonda 10 kishi qolgan «Dinamo»ga «Surxon» ustidan g‘alaba keltirdi – 2:1.
Vadim Abramov shogirdlari Toshkentdagi yig‘inni 30 sentyabr kuni «Olimpik MobiUz» jamoasiga qarshi nazorat o‘yini bilan yakunlab, Samarqandga qaytishadi.
O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent
28 sentyabr (dushanba)
«Dinamo» - «Surxon» - 2:1
Gollar: Amadu Dumbuya 50', Rahmatullo Izzatillayev 89' – Farhodbek Solihjonov 76'.
«Dinamo»: Sarvar Karimov, Salim Mustafoyev, Jaloliddin Jumaboyev, Ulug‘bek Abdullayev, Artyom Radayev, Akbar Xudoyberdiyev, Haris Hayderovich, Nurullo To‘xtasinov, Amadu Dumbuya, Abdug‘afur Haydarov, Anvarjon Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Marko Stanoyevich, Fozilbek Zokirov, Jahongir Abdusalomov, Behruzbek Obloqulov, Tigran Avanesyan, Rasul Yo‘ldoshev, Edem Seytveliyev, Rahmatullo Izzatullayev, Davlat Qo‘ldoshev.
Chetlatish: Tigran Avanesyan 75', (“D”).