locale OZ

OKMK – «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 37 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK – «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Фото: Пахтакор ПФК
O‘zbekiston Superligasi
09.09.2026, Yak.
ОКМК
1
Paxtakor Toshkent
3

"Paxtakor" Superliga 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvda OKMK mehmoni bo‘lishadi.

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 37 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 24 bellashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 5 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 8 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. Jamoamiz 64 to‘p kiritib, 30 gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni "Sherlar" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritishgan. Olmaliqda kechgan 18 o‘yinning 13tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Mezbonlar esa 5 uchrashuvda yutuqqa erishganlar. Safarda 33 gol urgan holda 14 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

OKMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi 21-tur bellashuvi 9 sentyabrda soat 18:30da Olmaliqdagi OKMK stadionida boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting