locale OZ

OKMK nazorat o‘yinida «Ozgon» ustidan g‘alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK nazorat o‘yinida «Ozgon» ustidan g‘alaba qozondi
Photo: OKMK

Davrlar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK klubi 16 iyul kuni Olmaliqda Qirg‘iz Respublikasi jamoasi «Ozgon» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘yin o‘ziga xos formatda – har biri 30 daqiqa davom etgan to‘rtta taym ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy kechgan bahsda olmaliqliklar raqib darvozasini 6 bor ishg‘ol qilishdi, mehmonlar esa bunga bitta gol bilan javob qaytardilar.

Nazorat o‘yini.

16 iyul

«OKMK sport majmuasi» stadioni.

OKMK 6:1 «Ozgon»

Gollar: Asad Sobirjonov (14), Arihiro Sentoku (25), Ali Abdurahmonov (27), Xurshid G‘iyosov (37), Ali Abdurahmonov (42), Giorgi Papava (93).

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting