locale OZ

OKMK Ibrohim Yo‘ldoshev bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK Ibrohim Yo‘ldoshev bilan shartnoma imzoladi
Photo: OKMK

Yozgi transfer oynasi doirasida OKMK futbol klubi tarkibni kuchaytirish yo‘lida dastlabki transferini amalga oshirganini ma’lum qiladi.

Mudofa chizig‘ining chap qanotida o‘zining ishonchli va intizomli o‘yinlari bilan ajralib turadigan Ibrohim Yo‘ldoshev mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab "konchilar" safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 1,5 yillik shartnoma imzolandi.

"1.90 metr bo‘yga ega bo‘lgan, 26 yoshli yangi futbolchimiz bunga qadar "Lokomotiv", "Metallurg", "Surxon", "Dinamo" va "Navbahor" klublarida to‘p surgan. U professional faoliyati davomida O‘zbekiston Superligasi, O‘zbekiston Kubogi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinlarda jami 114 uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, Ibrohim Yo‘ldoshev himoyachi bo‘lishiga qaramay, shu davr ichida raqib darvozasiga 3 bor yo‘l topa olgan va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

OKMK FK jamoasi o‘zining yangi a’zosini mamnuniyat bilan qabul qiladi va Ibrohim Yo‘ldoshevga "konchilar" safidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qoladi", - deyiladi klub xabarida.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting