locale OZ

Neymar JChning ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Ushbu uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar JChning ilk o‘yinini o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
13.06.2026, Yak.
Braziliya
1
Marokash
1

Braziliya terma jamoasining hujumchisi Neymar Marokashga qarshi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda maydonga tushmaydi. Bu haqda braziliyaliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xabar berdi.

«Neymar imkon boricha tezroq tiklanish uchun qattiq mehnat qilmoqda. Hozirda uning kelasi haftada to‘liq tiklanib, jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda», — dedi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 03:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar Braziliya terma jamoasi safida 128 ta uchrashuvda ishtirok etib, 79 ta gol urgan. Shu tariqa u mamlakat milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting