locale OZ

JCh-2026. Braziliya va Marokash bahsi ham durang bilan tugadi

Shu tariqa, har ikki jamoa musobaqadagi ishtirokini bir ochkodan jamg'arish bilan boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Braziliya va Marokash bahsi ham durang bilan tugadi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
13.06.2026, Yak.
Braziliya
1
Marokash
1

Jahon chempionatining “C” guruhi doirasidan o‘rin olgan Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Dastlab 21-daqiqada marokashlik yarim himoyachi Ismoil Saybari darvozabon Alison ustidan to‘pni oshirib tashlab, Marokash termasini hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada esa Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, har ikki jamoa musobaqadagi ishtirokini bir ochkodan jamg‘arish bilan boshladi.

Joriy yilning 20-iyun kuni 2-turda Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa 25-iyun kuni Shotlandiya bilan kuch sinashadi. Marokash terma jamoasi 2-turda 20-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting