locale OZ

Kaka: Men unga ishonaman

Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi ilk turdagi durangdan xafa emasligini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kaka: Men unga ishonaman
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
13.06.2026, Yak.
Braziliya
1
Marokash
1

Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Kaka ilk turdagi durangdan xafa emasligini bildirdi.

"Bu Anchelotti uchun murabbiy sifatidagi ilk Jahon chempionati, biroq u ulkan tajribaga ega. Ushbu mutaxassis bosim va qiyinchiliklarni yengib o‘tishni juda yaxshi biladi.

Karlo to‘g‘ri qarorlarni qanday topishni yaxshi anglaydi. Men unga ishonaman. Hech kim mundialni dastlabki uchrashuvdayoq qo‘lga kiritmaydi. Bunga yaqin oradagi misol sifatida Argentinani keltirish mumkin. Ular ham dastlab mag‘lubiyatga uchrashgan, yakunda esa JCH g‘olibiga aylanishgan edi",-dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz besh karra Jahon chempionlari 2026-yilgi mundialning ilk turida Marokash bilan durang o'ynadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting