locale OZ

Neymar faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

Braziliyalik futbolchiga Italiyaning ikki grandi qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 33 yoshli futbolchi «Santos» bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach (31 dekabr), qishki transferlar vaqtida Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda.

Neymar bu orqali Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga oʻzini yana bir bor koʻrsatib, 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan milliy jamoaga qaytishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, braziliyalik vingerga «Inter» va «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, oʻtgan yozda unga «Milan» klubi tomonidan ham takliflar boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Neymar o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 11 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting