\"Neftchi\"ni ikki rasmiy shaxs tark etdi
PHOTO: Telegram
Farg'onaning “Neftchi” klubida faoliyat yuritayotgan ikki rasmiy shaxs jamoani tark etgani haqida klub matbuoti xabar berdi:
"2025 yil boshida "Neftchi" klubiga bosh menejer vazifasiga tayinlangan Ja’far Irismetov va sport direktori lavozimiga tayinlangan Shahboz Beg‘amov jamoa rahbariyati bilan kelishilgan holda o‘z arizalariga muvofiq egallab turgan vazifalarini tark etishdi.
Ularga jamoada fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilganliklari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz",-deb yoziladi xabarda
Ibrohim Jalolov
Redaktor