«Neftchi» muxlislar uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi
Фото: Нефтчи ПФК
Bugun Farg‘onada “Neftchi” futbol klubi muxlislar uchun ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi, jamoa tayyorgarlik jarayonini ochiq formatda namoyish etish va muxlislar bilan yaqindan muloqot qilishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarga turli taktik mashqlarni bajarishda ko‘rsatmalar berishdi. Futbolchilarning kayfiyati yuqori bo‘lib, mashg‘ulot qizg‘in ruhda o‘tdi.
Bu tadbirda muxlislar bilan birga taniqli bloger Elmurod Haqnazarov ishtirok etib, futbolchilarimizga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Bu kabi ochiq mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib, jamoa va muxlislar o‘rtasidagi hamjihatlik yanada mustahkamlanib borishi haqida ishonch bildirildi.
Bahrom Bobonov
Redaktor