locale OZ

Neftchi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Heinz-Yurgen Gede klub bilan do‘stona tarzda xayrlashdi

Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neftchi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Heinz-Yurgen Gede klub bilan do‘stona tarzda xayrlashdi
photo: Neftchi FK

Neftchi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Heinz-Yurgen Gede klub bilan do‘stona tarzda xayrlashdi.

Faoliyati davomida mutaxassis jamoamizning rivojlanishi va yuksalishi yo‘lida o‘zining boy tajribasi, professional yondashuvi hamda qimmatli maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga, xususan bosh murabbiyimiz Islombek Ismoilovga yaqindan ko‘mak berib keldi. Uning futbol borasidagi bilim va tajribasi jamoamiz uchun muhim tayanchlardan biri bo‘ldi.

Oilaviy sabablarni inobatga olgan holda Heinz-Yurgen Gede jamoamizni tark etish qarorini qabul qildi. Klub ushbu qarorni chuqur hurmat bilan qabul qildi va qanchalik og‘ir bo‘lmasin, mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo‘lmoqda.

Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shdi. Shubhasiz, uning mehnati va tajribasi jamoamiz tarixida unutilmas iz qoldiradi hamda u klubimiz rivojiga hissa qo‘shgan insonlar safidan munosib o‘rin egallaydi.

“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari nomidan Heinz-Yurgen Gedega kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘lik va omad tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting