locale OZ

\"Neftchi\" muhlislar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neftchi" muhlislar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
PHOTO: Telegram

Farg'onaning “Neftchi” klubi muhlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali tez-tez chiqishlarni amalga oshirishyapgan edi. Muhlislar ba'zan jamoaning hozirgi natijalaridan noliyotgan bo'lsa, ba'zan hakamlarga o'z shikoyatlarini aytib chiqayotgan edi.

Bugun Farg‘ona futbol markazida "Neftchi" muxlislari bilan jamoa mas’ul xodimlarining ochiq muloqoti o‘tkazildi. Qiziqarli va mazmunli o‘tgan bu suhbatda muxlislarni qiziqtirgan va o‘ylantirayotgan savollarga jamoa bosh menejeri Jafar Irismetov va jamoa sport direktori Shahboz Beg‘amovlar batafsil javob qaytardilar. Bu anjumanda jamoa rahbariyati bilan ishqibozlar o‘rtasidagi muloqot tez tez o‘tkazib turilishi va muloqotlar jamoa faoliyatini oshirishga bevosita xizmat qilishi haqida kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz “buyuk chinorlar” superligada olti uchrashuvdan so'ng, to'qqiz ochko to'plagan holda turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi, to'plar nisbari to'qqizga-to'qqiz. Farg'onaliklarning O'zbekiston kubogi doirasidagi “Dinamo”ga qarshi bahsi qoldirilganligi haqida sports24.uz saytimizda xabar berib o'tgan edik.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting