«Neftchi» jamoasi yozgi ta’tilga chiqdi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvdan so‘ng “Neftchi” jamoamiz qisqa muddatli yozgi ta’tilga chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor 11-iyundan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi. Milliy terma jamoamiz ham ushbu mundialda ishtirok etishi sababli Superligada tanaffus yuzaga keldi. Shu bois jamoamiz a’zolariga qisqa muddatli ta’til berildi.
Jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” 10-iyun kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Rejaga ko‘ra, jamoa 24-iyun kuni O‘zbekistonga qaytadi.
Shundan so‘ng “Neftchi” Superliga ikkinchi davrasi hamda mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni o‘z qarorgohida davom ettiradi.