locale OZ

Neftchi futbolchilari uchun Antidoping qoidabuzarliklari turlari mavzusida an’anaviy seminar-trening tashkil etildi

Seminar davomida futbolchilarning antidoping qoidalariga rioya etish alohida ta’kidlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Neftchi futbolchilari uchun Antidoping qoidabuzarliklari turlari mavzusida an’anaviy seminar-trening tashkil etildi
photo: Neftchi FK

29-mart kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro munosabatlar va musobaqalar boʻlimi Tibbiy koordinatori Orifjon Sharipov tomonidan "NEFTCHI" PFK jamoasi futbolchilari uchun “Antidoping qoidabuzarliklari turlari” mavzusida an’anaviy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilarga antidoping qoidabuzarliklarining asosiy turlari, ular uchun belgilangan intizomiy va huquqiy jazo choralari, shuningdek, ADAMS (Anti-Doping Administration and Management System) tizimidan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar davomida futbolchilarning antidoping qoidalariga rioya etish bo‘yicha bilim va tushunchalarini mustahkamlash, ularning mas’uliyatini yanada oshirish hamda xalqaro talablarga to‘liq mos faoliyat yuritishlari muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting