locale OZ

Nazorat bahsi. «Neftchi» «Yaypan»ni kichik hisobda mag'lub qildi

Farg'ona derbisi «Istiqlol» o'yingohida bo'lib o'tdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Nazorat bahsi. «Neftchi» «Yaypan»ni kichik hisobda mag'lub qildi
photo: Neftchi FK

“Neftchi” bugungi uchrashuvni yuqori tempda va faol hujumlar bilan boshladi. O‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq vaziyatni o‘z nazoratiga olishga intilgan futbolchilar raqib mudofaa chizig‘ini jiddiy bosim ostida ushlab turdi.

Bunday ketma-ket va tezkor harakatlar tez orada o‘z samarasini berdi.17-daqiqada Alisher Odilov individual mahoratini ko‘rsatib,bir nechta himoyachilarni aldab o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Nurbek Sarsenbayevga uzatdi.Yosh hujumchi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, imkoniyatdan unumli foydalandi va to‘pni darvoza to‘riga joyladi 1:0. Uchrashuvning 31-daqiqasida esa mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkil etishdi.Vaziyatni to‘g‘ri baholagan va himoyachilarning ochiq qolgan hududidan unumli foydalangan Akbar Ibrohimjonov juda qulay pozisiyaga chiqib bordi va to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi — 1:1.Birinchi bo‘lim 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi
.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida jamoa murabbiylar shtabi maydonga bir yo‘la bir nechta yosh futbolchilarni tushirib, ularga o‘z mahoratlarini ko‘rsatish va katta futbolda tajriba orttirish uchun qulay imkoniyat yaratib berishdi. Yosh futbolchilar to‘p nazoratini o‘z qo‘llarida ushlab, o‘yindagi ustunlikni to‘liq saqlab harakat qilishdi. Raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da,yaypanliklarning zich mudofaasi tufayli hisob uzoq vaqt o‘zgarishsiz qoldi.
Biroq bahs taqdiri o‘yinning eng oxirgi daqiqasida hal bo‘ldi. Chap qanotdan tezkorlik bilan raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Hurshid Gʻiyosov sovuqqonlik bilan harakat qildi. U to‘pni darvozabondan aylantirib, qoyilmaqom tarzda to‘rga joylab qo‘ydi 2:1.
Ushbu so‘nggi daqiqadagi gol jamoamizga g‘alabani taqdim etdi

NAZORAT UCHRASHUVI
3 iyul soat 20:00
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni
"NEFTCHI" 2:1
"YAYPAN"
Gollar:
Nurbek Sarsenbayev, 17'(1:0), Akbar Ibrohimjonov, 31'(1:1), Xurshid G‘iyosov, 90'(2:1)

Bosh hakam: Sanjar Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Aʼzamov, Mahmudjon Rustamov

"Neftchi":
45.Akbar To’rayev(16.Ibrohim Shokirov,46), 6.IbrohimHalil yo’ldashev(28.Muhammadqodir Rasuljonov,54), 4.Bojan Siger(2.Izzatillo Po‘latov, 46), 20.Anvar G’ofurov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 23.Yovan Jokich(9.Xurshid G‘iyosov, 46), 5.Ikrom Aliboyev(44.Mo‘minxon Bahodirxonov,62), 77.Ratinyo(19.Azizbek Erimbetov,62), 7. Abror Ismoilov(11.Asilbek Jumayev, 46), 22.Alisher Odilov(30.Rustambek Fomin, 46), 27.Nurbek Sarsenbayev(32.Zoran Marushich,46)

Zaxirada:
18.Stipe Peritsa, 8.Vladimir Yovovich

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting