locale OZ

\"Navbahor\"ni ikki nafar futbolchi tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Navbahor"ni ikki nafar futbolchi tark etdi
Photo: Navbakhor PFK

Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oralig‘idagi tanaffus va yozgi transfer davri davom etmoqda.

Shu bois, barcha jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, "Navbahor" ham bundan mustasno emas.

"Lochinlar" kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan ikki nafar futbolchi bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashishdi. Bular — himoyachi Shahzod Toirov hamda hujumchi Po‘lathoja Xoldorxonovlar.

Toirov namanganliklar tarkibidagi barcha o‘yinlarda jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Xoldorxonov "lochinlar" safidagi barcha bellashuvlarda jami 8 ta o‘yinda maydonda 351 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting