locale OZ

\"Navbahor\" - \"Neftchi\". Prevyu

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. «Navbahor» - «Neftchi»
Photo: Navbakhor PFK

Superliganing 19-tur doirasidagi markaziy uchrashuv Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi. Vodiy derbisi maqomiga ega bo‘lgan ushbu bellashuvda sevimli "Neftchi" jamoamiz turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab kelayotgan Namanganning "Navbahor" klubi mehmoni bo‘ladi.

Statistikaga nazar tashlasak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar 61 marta to‘qnashgan bo‘lib, 15 ta bahsda "Navbahor" g‘olib bo‘lgan, 27 ta o‘yinda "Neftchi" ustun kelgan, 19 ta bellashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan. Umumiy to‘plar nisbati 62-87 farg‘onaliklar foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda "Navbahor"ning eng yirik g‘alabasi 3:0, "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 4:1 hisobida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Farg‘onada bo‘lib o‘tgan birinchi davra bellashuvida neftchilar Bilolxon Toshmirzaev hamda Zoran Marushichning dubliga evaziga "Navbahor"ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Namanganda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

19.05.2024.
"Navbahor"-"Neftchi" 1:0
01.12.2023.
"Navbahor"-"Neftchi" 1:1
17.05.2022.
"Navbahor"-"Neftchi" 0:0
29.04.2018.
"Navbahor"-"Neftchi" 1:1
16.03.2017.
"Navbahor"-"Neftchi" 1:1

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvni Akobir Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting