locale OZ

«Nasaf» nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nasaf" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images

"Nasaf" nigeriyalik hujumchi Yusuf Otubanjo bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Tajribali hujumchi faoliyati davomida Armaniston, Slovakiya, Avstriya, Ispaniya va Nigeriya jamoalarida o‘ynagan.

"Jamoamizning yangi a'zosiga omad tilaymiz. Yusuf Olaitan Otubanjo jamoamiz safida ko‘plab g‘alabalarga hissa qo‘shishiga va sovrinli o‘yinlarda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz. "Nasaf"ga xush kelibsan, Yusuf Olaitan!" - deyiladi qarshiliklarning rasmiy bayonotida.

Avvalroq klub albaniyalik hujumkor yarim himoyachi Adenis Shalaning transferini e'lon qilgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting