“Napoli” “Shaxtyor” yarim himoyachisi uchun 35 million yevro taklif yubordi
FOTO: Getty Images
Italiyaning “Napoli” klubi “Shaxtyor”ning ukrainalik yarim himoyachisi Georgiy Sudakovning transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, neapolliklar konchilarga 35 million yevro taklif qilgan, biroq rad javobi berilgan. “Shaxtyor” asosiy futbolchilaridan biri uchun ko'proq pul olmoqchi.
Qayd etilishicha, Sudakovning o'zi ham “Napoli”ga o'tishdan manfaatdor va tomonlar kelishuvga erishguncha kutmoqchi.
Ma'lumot uchun, Sudakov 2021-yildan buyon “Shaxtyor” tarkibida o'ynab kelmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 32 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist