\"Napoli\" Milinkovich-Savichning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
“Napoli” klubi Serbiya terma jamoasi va “Torino” darvozaboni Vanya Milinkovich-Savichning transferini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida majburiy sotib olish sharti bilan ijara shartnomasi imzolangan.
Fabrizio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 21 million yevroni tashkil qilgan va bu mablag‘ni neapolliklar 4 yil davomida to‘lab beradi.
Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor