locale OZ

\"Napoli\" Lukkaning transferini amalga oshirishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Napoli" Lukkaning transferini amalga oshirishga tayyor
Photo: Getty Images

“Udinese” hujumchisi Lorenzo Lukka faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, keyingi hafta Neapol klubi 24 yoshli forvard transferi borasida “Udinese” bilan kelishuvga erishishni maqsad qilgan.

O‘z navbatida Udine klubi ham Lukka bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyor.

Futbolchi o‘tgan mavsumda klubning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U 33 o‘yinda 12 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan. Shuningdek, Italiya kubogida 3 ta bahsda 2 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting